Toshkent shahridagi Inha universitetida joriy yilning 26 iyun kuni tashkil etilayotgan “Karyera va malaka oshirish yarmarkasi” (Internship & Career Fair IUT 2015) ishlab chiqarishni ta’lim sohasi bilan uyg‘unlashuvini ta’minlash, shuningdek, talabalar, ish izlovchilarni AKT tashkilotlari va kompaniyalarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mutaxassislarga qo‘yiladigan talablar bilan tanishtirishga xizmat qiladi.
2015 yilning 13 mart kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetining sport majmuasida, shuningdek universitetning hududiy bo‘linmalarida, hududlarda joylashgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tizimidagi kasb-hunar kollejlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi tashkil etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi tomonidan 2016 yilning 26 fevralida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida “Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasida mehnat yarmarkasi”ni o‘tkazish rejalashtirilgan.