eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
Axborot texnologiyalari

Bugungi kunda axborot texnologiyalari sohasi respublikamizning rivojlanishida muhim o‘rin tutib kelmoqda. O‘tgan yillar mobaynida O‘zbekiston Respublikasi hukumati tomonidan yurtimizda axborot texnologiyalarini keng joriy qilish va rivojlantirish borasida olib borgan siyosati hozirgi kunga kelib o‘z natijalarini ko‘rsatmoqda. Xususan:

– Internet tarmog‘ining milliy segmentini rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshirilayotgan ishlar natijasida “UZ” domenidagi domen nomlari soni 30 168 tani (o‘sish 119%) tashkil etdi. uMail.uz milliy elektron pochta tizimi foydalanuvchilari soni 398 500 dan ortdi (o‘sish 151%);

– Dasturiy ta’minot vositalari ishlab chiquvchi 360 ta korxona tomonidan 1 728 dan ziyod dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarilgan. Shundan 
818 tasi ijtimoiy soha va ta’lim yo‘nalishida, 249 tasi iqtisodiyot va moliya yo‘nalishida, 244 tasi ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarga bo‘linadi;

– Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish Kompleks dasturini bajarish doirasida elektron hukumat axborot tizimlari komplekslari va markaziy ma’lumotlar bazalarini yaratish bo‘yicha ko‘zda tutilgan loyihalarning 14 tasi (Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, “Xarid”, “Soliq”, “Bojxona”, “Byudjet”, “Nafaqa”, “Kliring”, “Litsenziya” axborot tizimlari komplekslari, Idoralararo integratsion platforma, Yagona identifikatsiya tizimi, jismoniy va yuridik shaxslar, avtotransportlar ma’lumotlar bazalari, ma’lumotnomalar registri) joriy qilindi;

– Umumiy o‘rta ta’lim, o‘rta maxsus ta’lim, oliy ta’lim yo‘nalishidagi 11 325 ta ta’lim muassasasidan 10 620 tasi (93,8%) ZiyoNET tarmog‘iga ulandi, ZiyoNET tarmog‘i resurslari soni 130 000 dan ortiqni (o‘sish 119%) tashkil etdi;

– Barcha davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining rasmiy veb-saytlari yaratildi;

– 295 ta davlat axborot resurslari, 499 ta davlat axborot tizimlari joriy etildi;

– Amaldagi elektron raqamli imzo kalitlari 1 720 ming donaga yetdi.