Telekommunikatsiyalar sohasidagi litsenziyalash O'zbekiston Respublikasining telekommunikatsiyalar sohasidagi litsenziyalash bo'yicha qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Telekommunikatsiyalar sohasidagi yuridik shaxslarning faoliyat turlarini litsenziyalashni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 22 noyabrdagi «Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 458-son qarori bilan tasdiqlangan «Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash to'g'risidagi nizom»ga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. Litsenziyalarni berish (berilishini rad etish), amal qilishini to'xtatish yoki tugatish va bekor qilish tartibi O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Litsenziyalarga talabgorlarning telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyat turlari bilan shug'ullanish uchun arizalarini qabul qilish va ro'yxatga olish, litsenziya shartnomalari va litsenziyalarini rasmiylashtirish, shuningdek Litsenziyalash masalalari bo'yicha ekspertlar komissiyasining kengashlari o'tkazilishini tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Litsenziyalash va Litsenziya shartnomalari ijrosini tahlil qilish lbo'limi tomonidan amalga oshiriladi. Litsenziyalash masalalari bo'yicha Ekspertlar komissiyasining yiq'ilishi 20 кундан кам бўлмаган muddatda o'tkaziladi.
Telekommunikatsiyalar sohasida quyidagilarni loyihalashtirish, qurish, ekspluatatsiya qilish va telekommunikatsiya xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha faoliyat litsenziyalanishi kerak:
• mahalliy tarmoqlar;
• shaharlararo tarmoqlar;
• xalqaro tarmoqlar;
• mobil radiotelefon aloqa tarmoqlari;
• ma'lumotlar uzatish tarmoqlari;
• teleradiouzatishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlari.
Litsenziyaga talabgorlar bajaradigan ishlariga bog'liq holda bir nechta telekommunikatsiya tarmoqlari bo'yicha, shuningdek faoliyatning bir necha turlariga (loyihalashtirish, qurish, ekspluatatsiya qilish va xizmatlar ko'rsatish) litsenziyalarga ega bo'lishlari mumkin. Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyat faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 dekabrdagi «Teleradioeshittirish sohasida radiochastota spektridan samarali foydalanishni ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi 592-son qarori bilan tasdiqlangan «Radiochastotalarni tanlov yo'li bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi to'g'risidagi nizom»ga muvofiq televizion va radiouzatishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) sohasidagi faoliyat yuritish huquqini beruvchi yakka tartibdagi litsenziyalarning berilishi konkurs asosida amalga oshiriladi (asosiy faoliyati davlat televizion va radiodasturlarni shakllantirish va tarqatish (translyatsiya qilish) hisoblangan yoki ustav fondidagi davlat mulkining ulushi 50 foizdan kam bo'lmagan korxonalardan tashqari).
Litsenziyalarning amal qilish muddatlari
Mahalliy, shaharlararo, xalqaro tarmoqlar, ko'chma radiotelefon aloqa, ma'lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ekspluatatsiya qilish va xizmatlarini ko'rsatish uchun litsenziyalar, ko'chma radiotelefon (uyali) aloqa tarmoqlari va teleradiouzatishlarni tarqatish tarmoqlarini ekspluatatsiya qilish va xizmatlarini ko'rsatish uchun litsenziyalardan tashqari, сheklanmagan muddatga beriladi.
Litsenziyani olish uchun kerak bo'lgan hujjatlar Litsenziyani olish uchun litsenziyaga talabgor litsenziya beruvchi organga quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
O'z tarmog'ini tashkil etish huquqisiz, ma'lumotlar uzatish operatorlarining tarmoqlari orqali ma'lumotlar uzatish tarmoqlarining provayderi, shu jumladan Internet xizmatlarini ko'rsatish uchun (jamoa bo'lib foydalanish punktlari – Internet-kafe, Internet-klublar va h.) litsenziya olishda «d» va «e» kichik bandlarida ko'zda tutilgan hujjatlar taqdim etilmaydi. O'zbekiston Respublikasi hududidan uchinchi mamlakatlarga xorij tele va radiostantsiyalarining dasturlarini retranslyatsiya qilgan holda televizion va radiouzatishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlari bo'ylab faoliyatni amalga oshirish uchun litsenziya berilishi to'g'risida ariza berilganda xalqaro shartnomalar shartlariga javob beradigan qo'shimcha hujjatlar talab qilinadi. Efir teleradioeshittirishi bo'yicha faoliyatni amalga oshirishda chastotalarni taqsimlash bo'yicha konkursda ishtirok etish uchun litsenziyaga talabgor O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Axborot faoliyati va ma'lumotlar uzatishni takomillashtirish ham samaradorligini oshirish bo'yicha idoralararo muvofiqlashtiruvchi komissiyasiga ariza va quyidagi hujjatlarni topshiradi:
Javobgarlik
Ishonchli bo'lmagan yoki buzilgan ma'lumotlarni taqdim etganligi uchun litsenziyaga talabgor O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq javobgar bo'ladi.
Arizaning ko'rib chiqilishi va litsenziyaning berilishi Litsenziya beruvchi organ tomonidan litsenziyaga talabgorning arizasi ko'rib chiqilganligi uchun faoliyatning har bir turi bo'yicha O'zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining ikki barobari miqdorida yig'im undiriladi.
Litsenziyaga talabgor berilgan arizadan voz kechgan holda yoki litsenziya beruvchi organ tomonidan litsenziya berilishini rad etish to'g'risida qaror qabul qilinganda to'langan yig'im summasi qaytarilmaydi.
Litsenziyani berish yoki berilishini rad etish to'g'risidagi qarorni litsenziya beruvchi organ litsenziyaga talabgorning barcha kerakli hujjatlar bilan birga arizasi olingan kundan boshlab o'ttiz kundan kech bo'lmagan muddatda qabul qiladi.
Litsenziya berilishini rad etish sabablari quyidagilar bo'lishi mumkin:
Litsenziyalar berilishini boshqa sabablarga ko'ra, shu jumladan maqsadga nomuvofiqlik sabablari bo'yicha rad etishga yo'l qo'yilmaydi.
Litsenziyaga talabgor tomonidan litsenziyaning berilishini rad etish uchun asos bo'lib xizmat qilgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilgan holda, hujjatlarni qayta ko'rib chiqish litsenziyaga talabgorning barcha kerakli hujjatlar bilan birga arizasi olingan kundan boshlab o'n kundan oshmaydigan muddatda amalga oshiriladi. Litsenziyaga talabgorlarning arizalari qayta ko'rib chiqilishi uchun yig'im undirilmaydi. Litsenziya berilishini rad etish bildirishnomasida ko'rsatilgan muddat o'tganidan keyin berilgan ariza qaytadan berilgan hisoblanadi. Ariza beruvchi davlat bojini to'lagandan va litsenziya shartnomasi imzolanganidan keyin litsenziya beriladi.
Davlat boji
Davlat boji miqdori O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 24 oktyabrdagi «Telekommunikatsiyalar sohasida faoliyatni amalga oshirish huquqi uchun davlat boji miqdorini tasdiqlash to'g'risida»gi 421-son Qarori bilan belgilangan.
Davlat bojining miqdori bir yilga davlat bojini to'lash kuniga belgilangan eng kam ish haqi miqdoriga karra hisobidan belgilanadi (ma'lumotlar uzatish tarmoqlarini loyihalashtirish, qurish, ekspluatatsiya qilish va xizmatlarini ko'rsatishdan tashqari).
Davlat boji litsenziya beriladigan muddatga karra bo'lgan miqdorda to'lanadi.
Davlat boji litsenziyaning amal qilish davrida har yili teng ulushlar bilan to'lanishi mumkin yoki litsenziyaning butun amal qilish muddati uchun bir vaqtda to'lanishi mumkin.
Agar litsenziat litsenziya berish to'g'risida qaror qabul qilinganligi bildirishnomasi yuborilgan (topshirilgan) paytdan uch oy ichida litsenziya beruvchi organga litsenziya berilganligi uchun davlat boji to'langanligini tasdiqlovchi hujjatni taqdim etmagan bo'lsa yoki litsenziya shartnomasini imzolamagan bo'lsa, litsenziya beruvchi organ ko'rsatilgan litsenziyani bekor qilish huquqiga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Litsenziyalash va litsenziya shartnomalari ijrosini tahlil qilish bo'limining murojaat qilish uchun ma'lumotlari:
Tel.: (+998 71) 238-41-39, 238-41-85, 238-41-69
E-mail: deplicense@mitc.u