Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi O‘zbekiston IT-sohasining yirik an’anaviy voqeasi hisoblanadi. Haftalik o‘zida qator turli yo‘nalishlardagi tadbirlarni jam qilgani bilan ham ahamiyatli.
Joriy yil 5 iyul kuni Toshkent shahridagi Inha Universitetida dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarish sohasidagi ekspertlar ishtirokida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan kuni kecha qabul qilingan “Respublikada axborot texnologiyalari sohasini rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni tubdan yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonda belgilangan vazifalar ijrosining mexanizmlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.
2017 yilning 27 may kuni soat 10:00 da, "O‘zekspomarkaz" milliy ko‘rgazmalar majmuasining ITC-konferens zalida "Marketing va boshqaruvda kommunikatsiya" mavzusiga bag‘ishlangan «4P» anjuman tashkil etilmoqda. Anjumanda marketolog, davlat idoralari axborot xizmatlari va turli soha vakillari faoliyatida zamonaviy aloqa turlari va usullaridan sifatli foydalanishning ahamiyatiga bag‘ishlangan taqdimotlar o‘tkaziladi.
Poytaxtimizdagi Xalqaro press-klubda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan shu mavzuga bag‘ishlangan matbot anjumani o‘tkazildi. Unda mamlakatimizda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, internet tarmog‘ining milliy bo‘g‘ini, mobil va telekommunikatsiya tarmoqlarini rivojlantirish natijalari muhokama qilindi.
Joriy yilning 24 mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Toshkent shahri va mamlakatimizning barcha hududlarida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasi mutaxassislari uchun bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasitashkil etiladi.
“Elektron hukumat” atamasini an’anaviy hukumat tushunchasi bilan adashtirmaslik lozim. Mohiyatiga ko‘ra, mazkur tizim mamlakat miqyosida ma’muriy tartib-taomillarni avtomatlashtiradi, davlat boshqaruvi samaradorligini oshirishga hamda ortiqcha sarf-xarajatlarning qisqarishiga zamin yaratadi.