Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamda Toshkent shahridagi Inxa Universiteti rahbariyatidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasi yetakchi oliygohlari - Seul milliy uneiversiteti (Seoul National University), Koryo universiteti (Koreya University) va Yonsey universiteti (Yonsei University) rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
2017 yilning 20 noyabr kuni O‘zbekistondagi bir qator muassasalarning axborot resurslariga kiber hujumlar amalga oshirildi. Jahon miqyosida ommaviy uyushtirilgan virtual hujumlar oqibatida turli mamlakatlarda 60 mingdan ziyod resurslar zararlangan.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektr ta’minoti korxonasi vakilini onlayn ariza yordamida chaqirish mumkin bo‘ldi. Mazkur xizmatdan my2.gov.uz portalidan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar foydalanishlari mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi doirasida 15 noyabr kuni «Siemens AG» konsernining Myunxenda joylashgan bosh qarorgohida bo'lib, uning Rossiya va Markaziy Osiyo bo'yicha prezidenti Azi Roland Bush bilan uchrashdi.
O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati hamda uning hududiy boshqarmalari uchun mamlakatimizdagi davriy matbuot nashrlariga 2018-yilning I yarim yilligi uchun obuna uyushtirish yuzasidan davriy matbuot nashrlarini tarqatuvchi muassasalar o'rtasida tanlov e'lon qilinadi.