eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

IUT professori Xusniddin Olimov “Web of Science” mukofotini qo‘lga kiritdi

Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) professori hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Fizika-texnika instituti xodimi, fizika-matematika fanlari nomzodi Xusniddin Olimov fizika-texnika sohasidagi xalqaro “Web of Science” mukofotini qo‘lga kiritdi. Mazkur mukofot O‘zbekiston Respublikasi Fan va texnologiyalar agentligi va AQShning “Clarivate Analytics” kompaniyasi bilan hamkorlikda topshirildi.

30.11.2017

Vazirlik rahbarlik lavozimlarga ishga taklif etadi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i hamda AKT sohasida kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘limi boshlig‘I lavozimiga yuqori malakali mutaxassislarni ishga taklif etadi.

30.11.2017

Toshkentda “Xakaton Open Data Challenge 2017” tanlovi boshlandi

Toshkent shahridagi Inha universitetida 2017 yilning 29 noyabr kuni “Open Data Challenge” ilovalarni, ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda, ishlab chiqish bo‘yicha tanlovining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

29.11.2017

AKT vazirligi hamda Koreya Ichki ishlar va xavfsizlik vazirligi o‘rtasidagi hamkorlik kengaymoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 22-25 noyabr kunlari Koreyaga qilgan tashrifi doirasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Kim Bu Kyum bilan muzokaralar o‘tkazdi.

29.11.2017

Toshkent shahrida Xalqaro Elektraloqa Ittifoqining hududiy seminari bo'lib o'tmoqda

11 noyabr kuni Toshkent shahrida Xalqaro Elektraloqa Ittifoqining "Xalqaro Elektraloqa Ittifoqi bilan hamkorlik: a'zo davlatlar, sohalar va ilmiy yo'nalishda faoliyat ko'rsatuvchi tashkilotlar. XEI ning tarkibi va ishlash uslublari" mavzuidagi mintaqaviy seminari bo‘lib o‘tdi. 

28.11.2017

O'zbekiston delegatsiyasi Butunjahon radioaloqa konferensiyasida ishtirok etdi

Joriy yilning 21-23 noyabr kunlari Xalqaro elektraloqa ittifoqining Jeneva shahrida joylashgan bosh qarorgohida 2019 yildagi Butunjahon radioaloqa konferensiyasiga tayyorgarlik ko'rishga bag'ishlangan semianr yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. 

27.11.2017