my2.gov.uz manzilida ishga tushirilgan yangi talqindagi Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida Davlat soliq qo‘mitasi bilan hamkorlikda tatbiq qilingan interaktiv xizmatlar zarur hujjat va ma’lumotlarni tez va oson usulda olish, soliq xizmatlaridan masofadan turib samarali foydalanish imkonini beradi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2017-2018 o‘quv yili uchun 10-sinf o‘quvchilarini qabul qilish maqsadida tanlov e’lon qiladi.
7 dekabrda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Oracle kompaniyasining Rossiya va MDH davlatlari bo‘yicha mintaqaviy direktori Oleg Jukov bilan uchrashuv tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Rossiyaning «Yandeks» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
6 dekabr kuni Amerika Qo‘shma Shtatlarining Webster Universiteti vitse-prezidenti Piter Maxer boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligiga tashrif buyurgan universitet delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
6 dekabr kuni Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasi hamda Yaponiya hukumatlari o'rtasida "Toshkent axborot texnologiyalari universitetining o‘quv media-markazi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida"gi notalar almashinuvi va grant kelishuvi imzolandi.