Milliy dasturiy ta’minot mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan «Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazi ko‘magida yurtimizdagi IT-kompaniyalar Hindistonning nufuzli «INDIASOFT 2018» ko‘rgazmasida ishtirok etish imkoniga ega bo‘ladilar.
Joriy yilning 18 dekabrida «Best Soft Challenge-2017» tanlovining g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Taqdirlash marosimida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi vakillari hamda tanlov tashkilotchilari ishtirok etishdi.
Hurmatli tadbirkorlar! Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi binosining xavfsizligini ta’minlash maqsadida, quyidagi zamonaviy video kuzatuv kameralarini yetkazib berish hamda ularni o‘rnatish bo‘yicha tanlovda ishtirok etishga taklif etadi.
13 dekabr kuni vazirlikda Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOICA) delegatsiyasi bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda vazirlik rahbariyati hamda agentlikning O'zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Son Song Il boshchiligidagi Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan KOICA mutaxassislari ishtirok etdilar.
12 dekabrda Yerevan shahrida (Armaniston) MDH davlatlarida spektrni boshqarish bo‘yicha ilk anjuman o‘z ishini boshladi. ForumGlobal tashkiloti tomonidan tashkil etilgan tadbir Armaniston Respublikasining Transport, axborot texnologiyalari vazirligi ko‘magi bilan o‘tkazilmoqda.
12 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni qabul qilindi. Farmon davlat xizmatlarining sifati, tezkorligi, shaffofligi va foydalanish imkonini tubdan oshirish bo‘yicha kompleks tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlarni, “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak” degan ulug‘vor g‘oyani so‘zsiz amalga oshiruvchi asosiy g‘oyalarni belgilab berdi.