O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sizni kirib kelayotgan yangi yil bilan muborakbod etadi! Nihoyasiga yetib borayotgan 2017 yil axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish sohasi uchun ulkan o‘zgarishlarga boy yil bo‘ldi.
«Mirzo Ulugbek Innovation Center» hamda «Aloqabank» AK o‘rtasida imzolangan kelishuvga ko‘ra, 2018 yilning ilk kunlaridan boshlab markazga a’zo kompaniyalar «Rezident» tarifi doirasida yangi imtiyozlardan foydalanishlari mumkin.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi qoshidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo‘nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o‘qitishga ixtisoslashtirilgan maktabda 2018-yil yurtimizda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” deb nomlanishi munosabati bilan maxsus aksiya o‘tkazilmoqda.
27 dekabr kuni Janubiy Koreyaning Inha universiteti vitse-prezidenti Inkyo Chong boshchiligidagi delegatsiya vazirlikka tashrif buyurdi.
«Mirzo Ulugbek Innovation Center» Innovatsiya markazi direktori Farhod Ibragimov davlat ahamiyatiga molik qadam, ichki IT-sohasining istiqbollari va ularni amalga oshirishda biznesning roli to‘g‘risida o‘z fikrlarini bildirdi.