11 fevral kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sadikov Huawei kompaniyasining Oʻzbekistondagi yangi tayinlangan bosh direktori Lyu Szyasinni qabul qildi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti maktab oʻquvchilari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining oʻquvchilari, hamda ularning ota-onalari uchun “Ochiq eshiklar kuni”ni oʻtkazadi.
Poytaxtimizning bir necha tumanlari aholisi uchun oʻz hovlilarida “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi koʻchma sotuvlar va xizmatlar ofisi tashkil etildi. Kompaniya filiallari xodimlari abonentlarni xizmatlarga ulash boʻyicha aksiyani musiqa va animatorlar bilan yorqin bayram tadbiri sifatida oʻtkazdilar.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti Bonch Bruevich nomidagi Sankt-Peterburg davlat telekommunikatsiya universiteti taklifiga binoan Rossiya Federatsiyasining “Talabalar media markazi assotsiatsiyasi(TMMA)”ga a’zo bo‘ldi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti (TATU) hamda Belarus davlat Informatika va radioelektron universiteti (BDIRU) o‘rtasidagi memorandumga asosan shu yilning 1-fevralidan universitet professor-o‘qituvchilari tajriba almashish o‘quv-seminarlarida ishtirok etmoqda. Ushbu o‘quv-seminar jarayoni 28-favralgacha davom etishi rejalashtirilgan.
“Polymedia Uzbekistan” loyihasi AV sanoatidagi - InAVation Awards xalqaro mukofotiga sazovor boʻldi. Education nominatsiyasidagi loyiha - Toshkent shahridagi Inha universiteti.