eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Azim Axmedxadjayev vazir etib tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevraldagi farmoniga muvofiq, shu vaqtga qadar O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi raisi lavozimida ishlab kelgan Axmedxadjayev Azim Israilovich O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlandi.

20.02.2018


Toshkent teleminorasida tasvirga olish mumkin bo‘ldi

Endi teleminoraga tashrif buyurayotgan sayyohlar o‘zlari bilan tomosha maydonchasiga va restoranga telefon, planshet, noutbuk va fotoapparat qurilmalarini olib kirishlari mumkin bo‘ldi. Suratga tushganlik uchun pul talab qilinmaydi.

16.02.2018

Poytaxtimizda UZINFOCOM-2018 anjumani bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 15 fevralida Toshkent shahrida UZINFOCOM-2018 anjumani tashkil qilindi. Tadbir ishtirokchilari UZINFOCOM Yagona integratorining maqsad-vazifalari, yangicha ishlash uslublari, uning hamkor va buyurtmachilar bilan o‘zaro aloqalari bilan tanishdilar. 

15.02.2018

e-tijorat sohasini rivojlantirish bo’yicha so’rovda qatnashing

Barchani ushbu so'rovda qatnashishga chorlaymiz. So’rovning natijalari “O’zbekiston Respublikasida elektron tijoratni tubdan takomillashtirish choralari to’g’risida”gi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chqishda qo’llanadi. 

12.02.2018

«GEOTWO» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida 9 fevral kuni «GEOTWO CO LTD» (Koreya Respublikasi) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda o‘z yechimlarimiz asosida milliy geoinformatsion dasturiy ta’minot yaratish borasida hamkorlik masalasi muhokama qilindi.

09.02.2018