O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi “Xavfsiz shahar” tizimiga texnologiya va yechimlarni joriy qilishga oid ilg‘or tajribani o‘rganmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Aloqa tarixi davlat muzeyida bo‘lib o‘tgan seminarda “Xavfsiz shahar” tizimini rivojlantirish konsepsiyasi hamda Germaniyaning “Siemens” konserni tomonidan jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida ishlab chiqilgan so‘nggi ishlanmalar namoyish etildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti rektori To‘lqin Teshaboyev boshchiligidagi delegatsiya Koreyaning yirik universitetlarida bo‘ldi. Uchrashuvlarni tashkil etishda KOICA muassasasi, jumladan tashkilot ekspertii Dr. Jeon Byung Wook alohida jonbozlik ko'rsatdi.
Yoshlarning fizika va matematika fanlariga bo'lgan qiziqishlarini qo'llab-quvvatlash hamda ularni rag'batlantirish maqsadida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Toshkent axborot texnologiyalari hamda Toshkent shahridagi Inha universitetlari bilan hamkorlikda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi fizika va matematika fanlari bo'yicha Respublika olimpiadasini tashkil qildi.
Shu kunlarda jahon IT-sanoatining yirik ishlab chiqaruvchilari O'zbekistonda “xavfsiz shahar” loyihasini amalga oshirishda hamkorlik qilish istagini bildirmoqdalar va mamlakatimizda axborot texnologiyalari kompaniyalariga yaratilgan qulay imkoniyatlardan foydalangan holda, bu yo'nalishda innovatsion g'oyalarni amalga oshirish bo'yicha kontseptsiyalarini taqdim qilmoqdalar.
26 fevral kuni Ispaniyaning Barselona shahrida Mobile World Congress (MWC) 2018 – axborot texnologiyalari sohasi va hukumatlar vakillari, mobil qurilmalar ishlab chiqaruvchi va xizmat ko'rsatuvchilar ishtirokidagi navbatdagi mobil texnologiyalar va echimlarga bag'ishlangan Jahon mobil kongressi bo'lib o'tmoqda.