Shu yilning 5-6 aprel kunlari O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti hamkorligida buyuk olim va matematik Muhammad al-Xorazmiy tavalludining 1235 yilligiga bag‘ishlab xalqaro konferensiya tashkil etildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev boshchiligida 4 aprel kuni aholi va tadbirkorlik sub’ektlariga davlat xizmatlari ko‘rsatish borasidagi ishlarni tahlil qilish va eng muhim vazifalarni belgilab olishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda mazkur yo‘nalishga mas’ul rahbarlarning hisoboti tinglanib, davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini takomillashtirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.
O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Afg'oniston Islom Respublikasining Kommunikatsiya va axborot texnologiyalari vazirligi o'rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish yo'nalishida hamkorlikni yo'lga qo'yishga qaratilgan "Strategik hamkorlik bo'yicha anglashuv Memorandumi" imzolandi.
O'zbekistonda birinchi marotaba qizlar salohiyatini oshirish va ularni texnologiyalar sohasiga jalb etishga qaratilgan “DigiGirlz” ta'lim dasturi bo'lib o'tadi. Mazkur ta'lim dasturiga qiziqish bildirgan qizlar 2018 yil 6 aprelgacha ro'yxatdan o'tishlari kerak.
Bugun O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjaev Afg'oniston kommunikatsiya va axborot texnologiyalari vaziri Shaxzod Gul Aryobini qabul qildi. Shuningdek, uchrashuvda «Afg'on Telekom» kompaniyasi rahbari Ajmal Ayan ham ishtirok etdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjaev hamda BMTning O'zbekistondagi rezident-koordinatori Helen Freyzer ishtirokida “Samarali davlat boshqaruvini rivojlantirish uchun hamkorlik va raqamli o'tish” loyihasini amalga oshirish yuzasidan uchrashuv bo'lib o'tdi.