Bugun O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev Rossiya Federatsiyasi Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volinni qabul qildi. Uchrashuvda Rossiya Federatsiyasi prezidentining Jamoatchilik bilan aloqalar va kommunikatsiyalar bo'yicha Ishlar boshqarmasi hamda Butun Rossiya televizion va radiouzatish davlat kompaniyasi vakillari, shuningdek Rossiyaning «Россия Сегодня» xalqaro axborot agentligi, «Первый Канал», «Россия24» telekanallari vakillari ishtirok etdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 2018 yilning 11 aprel kuni "Davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini jadal rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi. Hujjatda tegishli davlat idoralariga mamlakatimizda davlat xizmatlarini ko‘rsatishning milliy tizimini tubdan isloh qilish bo‘yicha vazifalar yuklatilgan.
Bugun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev Butunjahon bankining Transport va raqamli rivojlanish bo‘yicha xalqaro amaliyot bo‘linmasi direktori Frans Driz-Gross boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
2018 yilning 10 aprel kuni vazirlik ko‘magida Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda “Microsoft” kompaniyasi O‘zbekistonda qizlarning IT-salohiyatini oshirish va ularni texnologiyalar sohasiga jalb qilishga qaratilgan “DigiGirlz” ta’lim dasturi tashkil qilindi.
O‘zbekistonning pochta aloqasi sohasida milliy operatori mamlakatning pochta bozori ahvolini o‘rganib, foydalanuvchilarning fikr-mulohazalarini inobatga olgan holda, "Tezkor pochta" xizmatini ishga tushirdi.
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yashnobod tumaniga tashrifi mobaynida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo'nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktabning barpo etilish ishlari bilan tanishdi.