27 aprel kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjaev Yaponiyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va Muxtor elchisi Nobuaki ITO bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev dunyoga mashhur «World of Tanks», «World of Warplanes», «World of Warships» kompyuter o‘yinlarini taqdim etgan «Wargaming» kompaniyasi (Belarus) vakillari bilan uchrashdi.
Aloqa tarixi muzeyida O‘zbekiston Respublikasining 2018 yil 9 aprel kuni qabul qilingan «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonuni mazmun-mohiyati muhokamasiga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning O‘zbekistonga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi hamda Turkmaniston aloqa vazirligi o‘rtasida ikki mamlakat radioxizmatlari foydalanadigan 29,7 – 960 MGs radiochastota polosasidagi o‘zlashtirilgan radiochastotalarni o‘zaro muvofiqlashtirishning texnik asoslari bo‘yicha bitim imzolandi.
Joriy yilning 15 - 21 aprel kunlari Koreya axborotlashgan jamiyatni rivojlantirish instituti (KISDI) muassasasi mutaxassislardan iborat delegatsiya mamlakatimizda bo‘lib, O‘zbekistonda dasturiy ta’minot bozori hamda startap loyihalarni rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuvlarda ishtirok etmoqda.