O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 14 may kuni «Elektron tijoratni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Joriy yilning 10 aprel kuni “O‘ZBEKISTON POCHTASI” AJning 15ta ob’ektida joriy etilgan yangi “Tezkor pochta” xizmatini muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10 maydagi №3711 son farmoniga muvofiq, Davron Anvarovich Ismailov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Toshkent shahridagi Inha universitetining “Kompyuter va dasturiy injiniring” fakultetining uchinchi bosqichida tahsil olayotgan talabalar “IUT Embedded Systems Design Exhibition 2018” ko‘rgazmasi doirasida o‘zlarining 20 ta innovatsion ishlanma va yechimlarini namoyish etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 2018 yil 19 fevraldagi PF-5349-sonli Farmoni asosida, 2018-2019 yillarda axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” tasdiqlangan. Shu munosabat bilan, #MITCROADMAP2018 anjumanida AKT-sohasi, IT-ta’lim rivojining tendensiyalari, davlat va biznes hamkorligidagi muammolar muhokama qilinadi. Anjumanning o‘tkazilish vaqti: 09:00 – 13:00
9 may. Poytaxtimizdagi Xotira maydoni. Vazirlik rahbariyati, bir guruh xodimlari, shuningdek tizimdagi korhona va tashkilotlar rahbarlari poytaxtimizdagi "Motamsaro Ona Haykali" poyiga gullar qo'yishdi.