eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

1-15 avgust kunlari test sinovlarini oshkora va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash uchun zarur texnika vositalariga tanlov e'lon qilinadi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi joriy yilning 1-15 avgust kunlari test sinovlari oshkora va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash uchun shaxsni identifikatsiyalash vositalari, metallodetektor, monitor va yig‘ma pavilonlar yetkazib berish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni saralash ishlari amalga oshirilishini e’lon qiladi.

24.05.2018

Davriy matbuot nashrlari uchun obuna uyushtirish yuzasidan tanlov e'lon qilinadi!

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi markaziy apparati hamda uning hududiy boshqarmalari uchun mamlakatimizdagi davriy matbuot nashrlariga 2018-yilning II yarim yilligi uchun obuna uyushtirish yuzasidan davriy matbuot nashrlarini tarqatuvchi muassasalar o'rtasida tanlov e'lon qilinadi.

24.05.2018

AKT sohasining holati va istiqboli #MITCROADMAP2018 anjumanida muhokama qilindi

2018 yilning 22 mayida Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining #MITCROADMAP2018 anjumani tashkil qilindi. Anjumanda 2018-2019 yillarda O‘zbekistonning axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da ko‘zda tutilgan dolzarb masalalar, AKT sohasi, IT-ta’lim rivojining tendensiyalari, davlat va biznes hamkorligidagi muammolar o‘rtaga tashlandi.

22.05.2018

17 may – "Butunjahon Telekommunikatsiya va Axborotlashgan jamiyat kuni"

Bugun jahon miqyosida "Butunjahon Telekommunikatsiya va Axborotlashgan jamiyat kuni" (World Telecommunication and Information Society Day) nishonlanmoqda.

17.05.2018

AKT vaziri Nokia rahbariyati bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev Nokia kompaniyasining bosh ijrochi vitse-prezidenti, kompaniyaning Yevropadagi rahbari hamda Digital Europe kompaniyasi prezidenti Markus Borxert bilan uchrashdi.

16.05.2018

AKT vaziri KT Corporation vitse-prezidentini qabul qildi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev bugun «Koreya Telekom» korporatsiyasi vitse-prezidenti janob Li Bek Xi bilan uchrashdi. 

15.05.2018