"Milliy umumta’lim elektron kutubxona" loyihasini amalga oshirish doirasida LG СNS kompaniyasi Koreya Respublikasida o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun seminar-trening tashkil qildi. Unda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxona, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan vakillar ishtirok etmoqdalar.
Bugun Milliy Olimpiya qo‘mitasida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev O‘zbekiston avtomobil sporti federatsiyasining prezidenti lavozimiga tayinlandi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida telekommunikatsiya tarmoqlarida xalqaro ovozli trafik o‘tkazuvchanligi bilan bog‘liq uzilishlarga qarshi kurashish tizimiga bag‘ishlangan ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda telekommunikatsiya operatorlari, vazirlik tizimidagi mas’ul tashkilot va mutaxassislar ishtirok etdilar.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yo'nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o'qitishga ixtisoslashtirilgan maktab 2018-2019 o'quv yili uchun 5-sinf o'quvchilarini qabul qilish maqsadida tanlov e'lon qiladi.