17 avgust kuni Toshkentda axborot texnologiyalari bo‘yicha O‘zbekiston-Hindiston qo‘shma ishchi guruhining ikkinchi majlisi bo‘lib o‘tdi.
Ayni vaqtda O‘zbekiston telekommunikatsiya tarmog‘ida jadal rivojlanish kuzatilmoqda. Mobil va simli telefon aloqa abonentlari soni ham sezilarli ravishda o‘sib bormoqda va hozirda respublikada abonentlar 22 millionni tashkil etadi.
Mamlakatda raqamli iqtisodiyotni, zamonaviy axborot texnologiyalarini davlat boshqaruvida tatbiq etishni rivojlantirish hamda axborot xavfsizligini ta'minlash ko'zda tutilgan hujjat loyihasi O'zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida e'lon qilindi.
2018 yilning 16 avgust kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuxrat Sadikov «Ajlan & Bros.» kompaniyasi guruhi raisining o'rinbosari, shayx Mohammed Abdulaziz Al-Ajlan (Saudiya Arabistoni) bilan uchrashdi.
13 avgust kuni Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilish portalida telekommunikatsiya tarmoqlaridan noqonuniy foydalanganlik uchun ma'muriy va jinoiy javobgarlik tatbiq qilinishi ko'zda tutilgan hujjat loyihasi e'lon qilingan edi. Hujjat loyihasi ayrim OAV tomonidan noto'g'ri talqin qilinmoqda.