Shu yilning 2-3 oktyabr kunlari Samarqand shahrida Xalqaro elektraloqa ittifoqi (ITU)ning IMS bazasidagi VoLTE/ViLTE tarmoqlarini joriy etishga bagʻishlangan hududiy seminari oʻtkaziladi. Tadbir AKT vazirligi koʻmagida tashkil etilmoqda.
Har yili anʼanaviy oʻtkaziladigan “ICTWEEK Uzbekistan – 2018” axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligi oʻz yakuniga yetdi.
Bugun, 27 sentabr kuni Jizzax shahrida “ICTWEEK 2018” AKT haftaligi doirasida “Jizzax viloyati: Innovatsiyalar, Investitsiyalar, Axborotlashtirish” hududiy forumi boʻlib oʻtdi.
26 sentyabr kuni, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Qozogʻiston axborot va kommunikatsiya vaziri oʻrinbosari Dinara Shyeglova bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi. U “ICTWEEK UZBEKISTAN 2018” haftaligida ishtirok etishg uchun Oʻzbekistonda boʻlib turibdi.
26 sentabr kuni Toshkent va Jizzaxda “ICTWEEK Uzbekistan 2018” Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari haftaligining asosiy tadbirlaridan biri “ICTEXPO-2018” ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.
Bugun, 26 sentabr kuni Toshkent shahrida “ICTWEEK 2018” haftaligi doirasida “DIGITAL UZBEKISTAN” Forumi bo‘lib o‘tdi. Forum birinchi bor o‘tkazilib, axborot texnologiyalari sohasidagi zamonaviy tendensiyalar to‘g‘risidagi masalalarni muhokama qilish uchun o‘ziga xos maydonchaga aylandi.