Toshkent shahridagi Inha universiteti 2019 yilning 21 fevral kuni Toshkent davlat stomatologiya institutida boʻlib oʻtgan “Tibbiy oliy taʼlim tizimida AKT: simulyatorlar va robototexnika” birinchi xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi.
23 fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida ilk bor Toshkenda AT sohasidagi trendlarga, shuningdek kompaniyaning eng yaxshi amaliyotlari - dasturiy taʼminot va innovatsion yechimlarning global taʼminotchilariga bagʻishlangan EPAM Insider anjumani boʻlib oʻtadi.
«Oʻzbektelekom» AK «OʻzMobayl» filiali mamlakatimiz mintaqalarida oʻz tarmoqlarini faol kengaytirmoqda va yangi baza stansiyalarini oʻrnatmoqda. Masalan, yaqinda Andijon viloyatining sharqida joylashgan Jalaquduq tumanida yangi baza stansiya antenna-machta inshootlari, zamonaviy asbob-uskunalarini oʻrnatish boʻyicha ishlar yakuniga yetkazildi.
20-fevral kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida AQShning Webster universiteti vitse-prezidenti Jon Payl, universitet prorektori J.Shuster TATU rahbariyati hamda TATUda AQShning Webster universiteti «Biznes boshqaruvi (MBA)» magistratura yo‘nalishiga o‘qishga xujjat topshirgan talabalar o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi.
2019-yilning 18-fevral kuni Jeneva (Shveysariya) shahrida Xalqaro elektraloqa ittifoqi (XEI)ning 2019-yildagi Butunjahon radioaloqa anjumaniga Tayyorgarlik yigʻinining ikkinchi sessiyasi (ATY-19-2) oʻz ishini boshladi.
TATUning professor-oʻqituvchilari Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universitetida stajirovka jarayonlarini boshlashgan edi. 18-fevral kuni TATUning professor-oʻqituvchilari Belorussiya davlat informatika va radioelektronika universiteti tashabbusi bilan “Game Stream” kompaniyasining bosh qarorgohiga tashrif buyurishdi.