2018 yil 26 dekabr soat 9:00 dan 14:00 gacha Toshkent teleminorasida profilaktika ishlari oʻtkazilishi munosabati bilan Toshkent shahrida Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi dasturlari 26 va 38 televizion kanallarda tarqatiladi, “UZDIGITAL TV” MCHJ, Uz Report, Zoʻr TV, Milliy TV, Mening Yurtim, Sevimli TV, Futbol-TV dasturlarini tarqatishda tanaffus boʻladi.
2018 yilning 20 dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) rektori v.b. Muzaffar Jalolov va Janubiy Koreyaning “SRPOST” kompaniyasi bosh direktori O Chang-Yong oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi.
2018 yilning 20 dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Sanoat Qurilish Bankʻning moliyaviy texnologiya markazi” (“Financial Technology center of Sanoat Qurilish Bank”) ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari yoʻnalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib oʻqitishga ixtisoslashtirilgan maktab “Maktabning eng yaxshi logotipi” tanlovini eʼlon qiladi. Tanlov 2018 yilning 4 dekabridan 2019 yilning 8 yanvariga qadar davom etadi.
2018 yil 17-dekabr kuni Xitoyning Beihang universiteti vakillari bilan kosmik texnologiyalar sohasini Oʻzbekistonda rivojlantirish uchun hamkorlik qilish boʻyicha muhokama uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Endi Toshkent shahri aholisi va mehmonlar provayderning faoliyat olib borayotgan hududida internetdan istalgan vaqtda va istalgan joyda foydalanishlari mumkin.