Aloqa va axborotlashtirish sohasida koʻrsatilgan xizmatlarning hajmi 9744,1 mlrd. soʻmga ($ 1,16 mlrd.ga yaqin) teng boʻldi. Telekommunikatsiya xizmatlarining ulushi esa 84,5 % ni tashkil etdi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahrida Amiti universitetini ochish toʻgʻrisidagi qarori ijrosini taʼminlash doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari O. Umarov boshchiligida Vazirlik delegatsiyasining Hindistonga tashrifi amalga oshirildi.
22 yanvar kuni Toshkentda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining filiallari rahbarlari uchun zamonaviy samarali menejment boʻyicha bir haftalik maxsus oʻquv kurslari boshlandi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sadikov soʻzga chiqdi.
Oʻzbekistonda IT-sohasi xodimining oʻrtacha maoshi ish haqiga qoʻshimcha toʻlovlar, mukofotlar, ragʻbatlantirish mazmunidagi toʻlovlar, badal pullari va ishlab berilmagan vaqt uchun toʻlov hamda jismoniy shaxslardan ushlanadigan daromad soligʻi, ijtimoiy sugʻurtalash va kasaba uyushmasi jamgʻarmasiga oʻtkazmalarni qoʻshgan holda, 400 AQSH dollarini tashkil qiladi.
“Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl harakati qoidalari buzilishlarini foto-video qayd etish avtomatlashtirilgan tizimi” investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Ishchi guruhining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda 15-18 yanvar davomida Andijon, Namangan, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida oʻtkazilgan muhandislik-qidiruv ishlari yakunlari muhokama qilindi.
Bugun, 20 yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Startup Mix” startap va innovatsiyalar boʻyicha eng nufuzli biznes-anjuman boʻlib oʻtdi.