25 yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida “VOLINCO” korporatsiyasi vitse-prezidenti Ten Chunxuey xonim boshchiligidagi mazkur korporatsiya delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.
“Vebometriks" (Webometrics) universitetlarning xalqaro reytingi maʼlumotiga koʻra Inha.uz sayti Google Scholar Citations (GSC) servisida 2018-yil natijasi boʻyicha Oʻzbekiston OTMlarning professor-oʻqituvchilari tomonidan sitata keltirish boʻyicha etakchi boʻldi.
Oʻzbekiston Prezidentining tegishli qaroriga koʻra, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti bazasida tashkil etilgan Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida 2018/2019 va 2019/2020 oʻquv yillarida ushbu bilim yurtining toʻrtinchi va beshinchi bosqich kursantlari taʼlim olishi amaldagi oʻquv dasturlari boʻyicha tugallanadi.
2019 yil 22 yanvar kuni AT “Aloqabank” filiallari rahbarlari uchun “Oʻzbekiston Respublikasi moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish, samarali bank boshqaruvini tashkil qilish” mavzusida bir haftalik oʻquv seminari boshlandi.
24 yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sadikov “VEON” kompaniyalar guruhining bosh operatsion direktori Shell Morten Yonsenni qabul qildi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etildi.