eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Toshkentda Amiti Universiteti tashkil etiladi

Yangi oʻquv yilidan Toshkent shahrida Amiti universiteti (Hindiston)ning filiali ochiladi. Bu haqda tegishli qaror 7 yanvarda qabul qilindi.

09.01.2019

Toshkentda axborot xavfsizligi sohasidagi “CTF.UZ” – ochiq turdagi musobaqalar boʻlib oʻtmoqda

2019-yilning 4-9-yanvar kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universitetida axborot xavfsizligi sohasidagi “CTF.UZ” (Capture the Flag) ochiq turdagi tanlovning yarim final va final bosqichi boʻlib oʻtmoqda. Musobaqalar Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

07.01.2019

Pochta aloqasi mutaxassislari uchun oʻquv kurslari tashkil etilmoqda

Korporativ boshqaruvning ilgʻor uslublarini joriy qilish, milliy operatorning faoliyatini diversifikatsiya qilish yoʻllarini oʻrganish, kadrlar salohiyatini zamon talablari darajasiga moslashtirish maqsadida “Oʻzbekiston pochtasi” Aksiyadorlik jamiyati tomonidan Shahrisabz shahrida 2019 yil 4-6 yanvar kunlari “Zamonaviy pochta aloqasi sohasida marketingning oʻziga xos xususiyatlari va rivojlantirish yoʻllari” mavzuida malaka oshirish oʻquv kursi oʻtkazildi.

06.01.2019

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Sizni Yangi yil bilan muborakbod etadi!

Mamlakatimizdagi har bir xonadonda insonlar baxtli, osmonimiz musaffo boʻlsin va har birimiz kelajakka ishonch bilan qadam tashlaylik!

Bayramingiz bilan!

31.12.2018

“.UZ” domeni faoliyati sarhisob qilindi

2018 yil – “.UZ” milliy domeni uchun sermahsul boʻldi. Joriy yil qayd etilgan 24.1 % oʻsish surʼati qariyb 12 523 ta domen nomini tashkil etadi. 

28.12.2018

IUT va “SRPOST” oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi

2018 yilning 20 dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti (IUT) rektori v.b. Muzaffar Jalolov va Janubiy Koreyaning “SRPOST” kompaniyasi bosh direktori O Chang-Yong oʻzaro anglashuv memorandumini imzoladi.

24.12.2018

Oʻzbekistonda birinchi marta moliyaviy texnologiya markazi ochildi

2018 yilning 20 dekabr kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Sanoat Qurilish Bankʻning moliyaviy texnologiya markazi” (“Financial Technology center of Sanoat Qurilish Bank”) ning ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.

21.12.2018

Kosmik tadqiqotlar va texnologiyalar sohasida Beihang universiteti vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2018 yil 17-dekabr kuni Xitoyning Beihang universiteti vakillari bilan kosmik texnologiyalar sohasini Oʻzbekistonda rivojlantirish uchun hamkorlik qilish boʻyicha muhokama uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

 

19.12.2018

Internetdan foydalanishning simsiz va keng polosali tarmogʻi rivojlanmoqda

Endi Toshkent shahri aholisi va mehmonlar provayderning faoliyat olib borayotgan hududida internetdan istalgan vaqtda va istalgan joyda foydalanishlari mumkin.

18.12.2018

“IT-Planeta 2018/19” XII Xalqaro olimpiadasi ishtirokchilarini ro‘yxatdan o‘tkazish boshlandi

2018-yilning 10-dekabridan MDH davlatlari oʻrtasida axborot kommunikatsiya texnologiyalari sohasida qamrov ko‘lami jihatidan eng yirigi – “IT-Planeta 2018/19” axborot texnologiyalari sohasidagi XII Xalqaro olimpiadasi ishtirokchilarini ro‘yxatdan oʻtkazish boshlandi.

17.12.2018