Oʻzbekistonda IT-sohasi xodimining oʻrtacha maoshi ish haqiga qoʻshimcha toʻlovlar, mukofotlar, ragʻbatlantirish mazmunidagi toʻlovlar, badal pullari va ishlab berilmagan vaqt uchun toʻlov hamda jismoniy shaxslardan ushlanadigan daromad soligʻi, ijtimoiy sugʻurtalash va kasaba uyushmasi jamgʻarmasiga oʻtkazmalarni qoʻshgan holda, 400 AQSH dollarini tashkil qiladi.
“Oʻzbekiston Respublikasida yoʻl harakati qoidalari buzilishlarini foto-video qayd etish avtomatlashtirilgan tizimi” investitsiyaviy loyihasini amalga oshirish doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Ishchi guruhining navbatdagi uchrashuvi boʻlib oʻtdi. Unda 15-18 yanvar davomida Andijon, Namangan, Fargʻona va Toshkent viloyatlarida oʻtkazilgan muhandislik-qidiruv ishlari yakunlari muhokama qilindi.
Bugun, 20 yanvar kuni Toshkent shahridagi Inha universitetida “Startup Mix” startap va innovatsiyalar boʻyicha eng nufuzli biznes-anjuman boʻlib oʻtdi.
Bugun Toshkent shahridagi Inha universitetida “Startup Mix” startap va innovatsiyalar boʻyicha eng nufuzli biznes-anjuman hamda “Technovation Uzbekistan 2019” tanlovi boʻlib oʻtmoqda.
Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism)da 2019-yil 14-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26 yilligi hamda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tantanali bayram tadbiri oʻtkazildi.
2019 yilning 14 yanvar kuni Oʻzbek-German biznes forumi doirasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sadikov tomonidan bir qator uchrashuvlar oʻtkazildi va germaniyalik hamkorlar bilan investitsiyaviy loyihalarni amalga oshirish sohasida kelishuvlar imzolandi.
Aloqa tarixi muzeyida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti maxsus fakulteti hamda «O‘zbektelekom» AK bilan hamkorlikda 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 27 yilligiga bag‘ishlangan harbiy-vatanparvarlik tadbiri o‘tkazildi.
Axborot texnologiyalari sohasini va dasturiy mahsulotlar ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ushbu sohadagi startap-loyihalarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, ichki va tashqi bozorlarda dasturiy va yuqori texnologiyali mahsulotlar va xizmatlarni targʻib qilishga koʻmaklashish maqsadida Hindistonning ilgʻor tajribasi asosida hamda ushbu mamlakatning yetakchi konsultantlarini jalb qilgan holda, Toshkentda Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari Texnoparki tashkil etilmoqda.
9-yanvar kuni "ZO‘R TV" tеlеkanali studiyasida axborot xavfsizligi sohasida “CTF.UZ” ochiq turdagi tanlovi g‘oliblarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.
8 yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarni rivojlantirish vazirligi, Toshkent shahridagi Inha universiteti hamda “Oʻzavtotrans” agentligi birgalikda xalqaro multimodal transport-logistika markazining elektron platformasini yaratish toʻgʻrisidagi loyihani ishlab chiqish borasida qaror qabul qildi.