eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Vazirlik xodimlari umumxalq ekologik xayriya hasharida ishtirok etdi

26-yanvar kuni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tashabbusibilan butun mamlakat boʻylab umumxalq ekologik xayriya hashari oʻtkazildi. Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xodimlari mazkur tadbirda faol ishtirok etdilar.

26.01.2019

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida China Volant Industry korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

25 yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida “VOLINCO” korporatsiyasi vitse-prezidenti Ten Chunxuey xonim boshchiligidagi mazkur korporatsiya delegatsiyasi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

26.01.2019

Toshkent shahridagi Inha universiteti sayti undan iqtibos keltirish boʻyicha yetakchi boʻldi

“Vebometriks" (Webometrics) universitetlarning xalqaro reytingi maʼlumotiga koʻra Inha.uz sayti Google Scholar Citations (GSC) servisida 2018-yil natijasi boʻyicha Oʻzbekiston OTMlarning professor-oʻqituvchilari tomonidan sitata keltirish boʻyicha etakchi boʻldi.

25.01.2019

Oʻzbekistonda yangi tashkil etilgan harbiy institut bitiruvchilariga harbiy unvon beriladi

Oʻzbekiston Prezidentining tegishli qaroriga koʻra, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti bazasida tashkil etilgan Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy institutida 2018/2019 va 2019/2020 oʻquv yillarida ushbu bilim yurtining toʻrtinchi va beshinchi bosqich kursantlari taʼlim olishi amaldagi oʻquv dasturlari boʻyicha tugallanadi.

25.01.2019

AT “Aloqabank” filiallari rahbarlari uchun oʻquv seminari tashkil etildi

2019 yil 22 yanvar kuni AT “Aloqabank” filiallari rahbarlari uchun “Oʻzbekiston Respublikasi moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish, samarali bank boshqaruvini tashkil qilish” mavzusida bir haftalik oʻquv seminari boshlandi.

24.01.2019

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri “VEON” kompaniyalar guruhining bosh operatsion direktorini qabul qildi

24 yanvar kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh.Sadikov “VEON” kompaniyalar guruhining bosh operatsion direktori Shell Morten Yonsenni qabul qildi.

24.01.2019

TATU Maxsus fakulteti bazasida AKT va aloqa harbiy instituti tashkil etildi

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Maxsus fakulteti Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti etib qayta tashkil etildi.

24.01.2019

2018 yilda aloqa va axborotlashtirish sohasi korxonalari 9744,1 mlrd. soʻmlik xizmatlar koʻrsatdi

Aloqa va axborotlashtirish sohasida koʻrsatilgan xizmatlarning hajmi 9744,1 mlrd. soʻmga ($ 1,16 mlrd.ga yaqin) teng boʻldi. Telekommunikatsiya xizmatlarining ulushi esa 84,5 % ni tashkil etdi.

24.01.2019

Vazirlik delegatsiyasining Hindistonga tashrifi yuzasidan

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Toshkent shahrida Amiti universitetini ochish toʻgʻrisidagi qarori ijrosini taʼminlash doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining birinchi oʻrinbosari O. Umarov boshchiligida Vazirlik delegatsiyasining Hindistonga tashrifi amalga oshirildi.

22.01.2019

“Oʻzbektelekom” AK filiallari rahbarlari uchun zamonaviy samarali menejment boʻyicha oʻquv kurslari

22 yanvar kuni Toshkentda “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining filiallari rahbarlari uchun zamonaviy samarali menejment boʻyicha bir haftalik maxsus oʻquv kurslari boshlandi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sadikov soʻzga chiqdi.

22.01.2019