Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti bilan hamkorlikda faoliyat boshlagan AQSHning Webster universiteti Master of Business Administration (MBA: Biznes boshqaruvi magistratura yoʻnalishi) oʻquv dasturi asosida “Loyihalarni boshqarish” yoʻnalishiga talabalarni qabul qilish jarayoni boshlanganligini maʼlum qiladi.
6 fevral kuni jurnalistlar uchun “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining Call-markazi – Chaqiriqlarga xizmat koʻrsatuvchi yagona markaz (ChXKYaM)ga tanishuv press-turi oʻtkazildi.
Toshkent shahridagi Inha universiteti 2019-yilning 22 iyuldan 9 avgustgacha Koreya Respublikasining Inha universiteti yozgi maktabida ishtirok etadigan iqtidorli talabalar uchun “Summer school” dasturi boshlanganini eʼlon qiladi.
Oʻzbekistondagi yangi qurilgan uylar uchun zamonaviy kommunikatsiyalar. Ushbu shior ostida “Oʻzbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining haftalik tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.
1 fevral kuni Toshkent shahridagi Inha universiteti professor-oʻqituvchilari “Xalqaro tajriba va yosh olimlar uchun yaratilgan imkoniyatlardan foydalanish: muammolar va yechimlar” mavzusidagi press-klub sessiyasida ishtirok etdi.
1 fevraldan Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining “Ishonch telefoni” “1199” qisqa raqami orqali kun-u tun tartibida ishlamoqda.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sh. Sadikov hududlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oʻrganish maqsadida Jizzax viloyatida boʻldi.
31-yanvar kuni Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU)da KOICA vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitetda KOICA hamkorligidagi “Integrated systems TUIT” (TATUda intergatsiyalangan axborot tizimi) loyihasini amalga oshirishning 1-bosqichi yakunlari muhokama qilindi.
30 yanvar kuni mamlakatimiz Hukumati “Koʻp kvartirali uylarni boshqarish tizimida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish toʻgʻrisida” qaror qabul qildi.
2019 yilning 30 yanvar kuni Toshkent shahridagi Inxa universitetida “Milliy statistika tizimi: nazariya va amaliyot” mavzusida davra suhbati boʻlib oʻtdi.