Toshkent shahridagi Inha universitetida 2017 yilning 29 noyabr kuni “Open Data Challenge” ilovalarni, ochiq ma’lumotlardan foydalangan holda, ishlab chiqish bo‘yicha tanlovining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 22-25 noyabr kunlari Koreyaga qilgan tashrifi doirasida, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi delegatsiyasi Koreya Respublikasi Ichki ishlar va xavfsizlik vaziri Kim Bu Kyum bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Joriy yilning 21-23 noyabr kunlari Xalqaro elektraloqa ittifoqining Jeneva shahrida joylashgan bosh qarorgohida 2019 yildagi Butunjahon radioaloqa konferensiyasiga tayyorgarlik ko'rishga bag'ishlangan semianr yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, Oliy va o‘rta-maxsus ta’lim vazirligi hamda Toshkent shahridagi Inxa Universiteti rahbariyatidan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi Koreya Respublikasi yetakchi oliygohlari - Seul milliy uneiversiteti (Seoul National University), Koryo universiteti (Koreya University) va Yonsey universiteti (Yonsei University) rahbarlari bilan muzokaralar o‘tkazdi.
2017 yilning 20 noyabr kuni O‘zbekistondagi bir qator muassasalarning axborot resurslariga kiber hujumlar amalga oshirildi. Jahon miqyosida ommaviy uyushtirilgan virtual hujumlar oqibatida turli mamlakatlarda 60 mingdan ziyod resurslar zararlangan.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida elektr ta’minoti korxonasi vakilini onlayn ariza yordamida chaqirish mumkin bo‘ldi. Mazkur xizmatdan my2.gov.uz portalidan ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar foydalanishlari mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Bosh vaziri A. Aripov Germaniya Federativ Respublikasiga tashrifi doirasida 15 noyabr kuni «Siemens AG» konsernining Myunxenda joylashgan bosh qarorgohida bo'lib, uning Rossiya va Markaziy Osiyo bo'yicha prezidenti Azi Roland Bush bilan uchrashdi.
2017 yilning 14 - 16 noyabr kunlari Tunis Respublikasida Butunjahon telekommunikatsiya/AKT ko'rsatkichlari 15-simpoziumi bo'lib o'tmoqda. Xalqaro elektraloqa ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan anjumanda O'zbekiston Respublikasi delegatsiyasi ham ishtirok etmoqda.