eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Toshkent teleminorasida tasvirga olish mumkin bo‘ldi

Endi teleminoraga tashrif buyurayotgan sayyohlar o‘zlari bilan tomosha maydonchasiga va restoranga telefon, planshet, noutbuk va fotoapparat qurilmalarini olib kirishlari mumkin bo‘ldi. Suratga tushganlik uchun pul talab qilinmaydi.

16.02.2018

Poytaxtimizda UZINFOCOM-2018 anjumani bo‘lib o‘tdi

Joriy yilning 15 fevralida Toshkent shahrida UZINFOCOM-2018 anjumani tashkil qilindi. Tadbir ishtirokchilari UZINFOCOM Yagona integratorining maqsad-vazifalari, yangicha ishlash uslublari, uning hamkor va buyurtmachilar bilan o‘zaro aloqalari bilan tanishdilar. 

15.02.2018

e-tijorat sohasini rivojlantirish bo’yicha so’rovda qatnashing

Barchani ushbu so'rovda qatnashishga chorlaymiz. So’rovning natijalari “O’zbekiston Respublikasida elektron tijoratni tubdan takomillashtirish choralari to’g’risida”gi normativ-huquqiy hujjatni ishlab chqishda qo’llanadi. 

12.02.2018

«GEOTWO» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv

O‘zbekiston Respublikasi axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida 9 fevral kuni «GEOTWO CO LTD» (Koreya Respublikasi) kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Unda o‘z yechimlarimiz asosida milliy geoinformatsion dasturiy ta’minot yaratish borasida hamkorlik masalasi muhokama qilindi.

09.02.2018

2017 yilgi o‘sish sur’atlarida AKT sohasi peshqadam

Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari sohasi bugungi kunda jahon iqtisodiyotining jadal rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Iqtisodiy o‘sish va iqtisodiyot tarmoqlarini yuksaltiruvchi, harakatga boshlovchi kuchga aylangan mazkur yo‘nalish barcha sohalarning iqtisodiy jarayonlarini sezirlari darajada o‘zgartirib, yangi bosqichga ko‘tarmoqda.

09.02.2018

"O‘zbеkiston pochtasi" tadbirkorlarni xalqaro bozorga olib chiqadi

So'nggi paytlarda elektron savdo hajmi ulushi jahon miqyosida jadal yuqorilab bormoqda. Mamlakatimizda tadbirkorlikka berilayotgan imkoniyatlar milliy mahsulotlarni xalqaro bozorga olib chiqish uchun zamin yaratmoqda. 

09.02.2018

Technovation Uzbekistan hududlarga "tashrif buyuradi"

O‘zbekistonlik xotin-qizlar o‘rtasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishni targ‘ib etishni maqsad qilgan Technovation Uzbekistan loyihasi tashkilotchilari joriy yilning 2 fevralida hududlar bilan onlayn aloqa o‘rnatdilar. 

07.02.2018

Butunjahon banki bilan «Digital CASA» loyihasini amalga oshirish muhokama qilindi

Vazirlikda Butunjahon bankining yurtimizga tashrif buyurgan maxsus vakillari guruhi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur delegatsiya mamlakatimizda "Raqamli Markaziy Osiyo -- Janubiy Osiyo" (Digital CASA) loyihasini amalga oshirishga tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan tashrif buyurgan.

05.02.2018

Olmaotada "Globallashuv davrida raqamli kun tartibi" xalqaro forumi ish boshladi

Bugun Olmaotada "Globallashuv davrida raqamli kun tartibi" mavzuidagi xalqaro forum o‘z ishini boshlaydi. Forum bosh mavzusi zamonaviy trend va yo‘nalishlarni hisobga olgan holda, Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo mamlakatlar o‘rtasidagi raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yuzasidan hamkorlikni kuchaytirishdan iborat. 

02.02.2018