21 mart kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev Rossiya Federatsiyasi Aloqa va ommaviy kommunikatsiyalar vaziri o‘rinbosari Aleksey Volin bilan uchrashdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi jamoasi barchangizni, shu kunlarda yurtimiz bo’ylab keng nishonlanayotgan, bahor, yasharish va yangilanish ramzi bo’lgan Navro’z ayyomi bilan tabriklab, xonadoningizga tinchlik-omonlik, hayotingizga baxtu saodat hamda fayzu baraka tilaydi!
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Ahmadxo‘jayev bugun mamlakatimizga iqtisodiyotning turli sohalaridagi investitsion imkoniyatlar bilan tanishish maqsadida tashrif buyurgan «Silverleafe Capital Parthers» kompaniyasining delegatsiyasi bilan uchrashdi. Delegatsiyaga kompaniya prezidenti Den Petterson boshchilik qilmoqda.
Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkiloti Xalqaro Elektraloqa Ittifoqining 2019 yilda o‘tkaziladigan Butunjahon radioaloqa anjumaniga faol tayyorgarlik ko‘rmoqda. 13—15 mart kuni o‘tkazilgan Ishchi guruhining videoaloqa shaklidagi anjumanida Aloqa sohasidagi hududiy hamdo‘stlik tashkilotining takliflari hamda nuqtai nazari yuzasidan muzokaralar olib borildi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda konsalting va audit bo‘yicha professional xizmatlarni ko‘rsatuvchi PricewaterhouseCoopers xalqaro kompaniyalar tarmog‘i delegatsiyalari bilan uchrashdi.
Bugun vazirlik rahbariyati ishtirokida Misr Arab Respublikasining Orascom Telecom Holding kompaniyasi boshqaruvi rahbari Najib Saviris bilan muzokara bo‘lib o‘tdi. Misrlik biznesmen 14-16 mart kunlari O‘zbekistonda bo‘lib, O‘zbekiston IT-sanoatining salohiyati, yaqin istiqboldagi rejalar bilan tanishmoqda.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining «Axborot texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy qilishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha «Mirzo Ulugbek Innovation Center» innovatsiya markazi to‘g‘risidagi Nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi qarori loyihasi ishlab chiqildi. Hujjat O‘zbekiston Respublikasi normativ huquqiy hujjatlarning muhokamasi portalida e’lon qilindi va 25 martga qadar muhokamaga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot kommunikatsiyalari va texnologiyalarini rivojlantirish vazirligida Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashining 2017 yildagi faoliyat yakunlariga bag'ishlangan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda Radiochastotalar bo‘yicha respublika kengashi tomonidan o'tgan yilda amalga oshirilgan faoliyat yakunlari ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Amerika Qo‘shma Shtatlarining OPENBUCKS kompaniyasi asoschisi hamda prezidenti Mark Rochman bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda vazirning birinchi o‘rinbosari Olimjon Umarov ishtirok etdi.
Bugun Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri hamda uning o‘rinbosarlari ishtirokida bahor, go‘zallik va muhabbat ramzi hisoblangan "Xalqaro xotin-qizlar kuni" munosabati bilan qutlov tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda vazirlik markaziy apparatida mehnat qilib kelayotgan xotin-qizlar ishtirok etdilar.