Bugun jahon miqyosida "Butunjahon Telekommunikatsiya va Axborotlashgan jamiyat kuni" (World Telecommunication and Information Society Day) nishonlanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev Nokia kompaniyasining bosh ijrochi vitse-prezidenti, kompaniyaning Yevropadagi rahbari hamda Digital Europe kompaniyasi prezidenti Markus Borxert bilan uchrashdi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev bugun «Koreya Telekom» korporatsiyasi vitse-prezidenti janob Li Bek Xi bilan uchrashdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti 14 may kuni «Elektron tijoratni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorni imzoladi.
Joriy yilning 10 aprel kuni “O‘ZBEKISTON POCHTASI” AJning 15ta ob’ektida joriy etilgan yangi “Tezkor pochta” xizmatini muvaffaqiyatli sinovdan o'tkazildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 10 maydagi №3711 son farmoniga muvofiq, Davron Anvarovich Ismailov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi.
Toshkent shahridagi Inha universitetining “Kompyuter va dasturiy injiniring” fakultetining uchinchi bosqichida tahsil olayotgan talabalar “IUT Embedded Systems Design Exhibition 2018” ko‘rgazmasi doirasida o‘zlarining 20 ta innovatsion ishlanma va yechimlarini namoyish etishdi.
9 may. Poytaxtimizdagi Xotira maydoni. Vazirlik rahbariyati, bir guruh xodimlari, shuningdek tizimdagi korhona va tashkilotlar rahbarlari poytaxtimizdagi "Motamsaro Ona Haykali" poyiga gullar qo'yishdi.
9 may – "Xotira va qadrlash kuni" munosabati bilan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan tantanali taqdirlash marosimi tashkil qilindi. Tadbirni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev ochib berib, yurtdoshlarimizga tinchlik hamda farovonlik tiladi.
Joriy yilning 7 mayida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev raisligida Vazirlik qoshida 2018 yilning 4 mayida tuzilgan Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha jamoatchilik kengashining I yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.