eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon

Saralash

Sahifa rasmiy maqomga ega bo‘ldi ✔

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining Facebook tarmog‘idagi sahifasi rasmiy maqomga ega bo‘ldi.

14.06.2018

Vazir sahifasi rasmiy maqomga ega bo'ldi ✔️

O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjaevning Facebook tarmog'idagi sahifasi (https://www.facebook.com/a.akhmedkhadjaev/) rasmiy maqomga ega bo'ldi.

13.06.2018

Eng yaxshi takliflar saralandi

Vazirlik tomonidan 1-15 avgust kunlari test sinovlarini oshkora va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash uchun zarur texnika vositalariga tanlov e'lon qilingan edi. Shu bo'yicha eng yaxshi takliflar aniqlandi.

07.06.2018

Qozog‘iston Respublikasining elchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2018 yilning 6 iyun kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Qozog‘iston Respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Utembayev Yerik Miltikbayevich bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

07.06.2018

Manzil-ma’lumot axborotlarini elektron taqdim etish xizmati joriy qilindi

O'zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida manzil-ma'lumot axborotlarini onlayn taqdim etishga mo'ljallangan yangi xizmat joriy etildi. 

06.06.2018

#MITCKIDSFEST: bola kulgisiga aylangan bayram

Ertak qahramonlari, shashka va shaxmat turnirlari, kimyoviy tajribalar, hayratomuz ko'zboyloqchilik tomoshalari – shular va boshqa turfa xil ko'ngilochar dasturlar o'rin olgan #MITCKIDSFEST festivali bugun bolajonlarga quvonch ulashdi. 

03.06.2018

Thiel Capital: "O'zbekiston texnologik sektorni rivojlantirishda yuqori imkoniyatga ega"

29 may kuni vazirlikda O'zbekistonning IT-sohasidagi imkoniyatlarini o'rganish hamda uni rivojlantirish uchun sarmoya kiritish maqsadida yurtimizga tashrif buyurgan Thiel Capital venchur jamg'armasi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi. Mazkur jamg'armaga xalqaro Paypal to'lov tizimi asoschisi Piter Til tomonidan asos solingan.

30.05.2018

“Silverlake Group” bilan hamkorlik istiqboli muhokama qilindi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Malayziyaning “Silverlake Group” kompaniyasi rahbari M.Redzuan Kushayri boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

28.05.2018

1-15 avgust kunlari test sinovlarini oshkora va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash uchun zarur texnika vositalariga tanlov e'lon qilinadi

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi joriy yilning 1-15 avgust kunlari test sinovlari oshkora va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash uchun shaxsni identifikatsiyalash vositalari, metallodetektor, monitor va yig‘ma pavilonlar yetkazib berish bo‘yicha eng yaxshi takliflarni saralash ishlari amalga oshirilishini e’lon qiladi.

24.05.2018

AKT sohasining holati va istiqboli #MITCROADMAP2018 anjumanida muhokama qilindi

2018 yilning 22 mayida Toshkent shahridagi Inha universitetida O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligining #MITCROADMAP2018 anjumani tashkil qilindi. Anjumanda 2018-2019 yillarda O‘zbekistonning axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da ko‘zda tutilgan dolzarb masalalar, AKT sohasi, IT-ta’lim rivojining tendensiyalari, davlat va biznes hamkorligidagi muammolar o‘rtaga tashlandi.

22.05.2018