Vazirlik qoshidagi Jamoatchilik kengashi yurtimizdagi aloqa operatorlari hamda internet provayderlari bilan ularni qiynayotgan muammolar va yechimini kutayotgan masalalar, ochiq savollar yuzasidan uchrashuv o‘tkazdi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 17 iyuldagi “Raqamli teleeshittirishlarga o‘tish va yer usti analog teleeshittirishlarni to‘xtatishga doir amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan kechadan boshlab Toshkent shahrida analog formatdagi teledasturlar efiri to‘xtatildi.
Bugungi kunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti mamlakatning iqtisodiy salohiyatini ko‘tarish, xususan zamonaviy axborot texnologiyalari hamda blokcheyn texnologiyasini joriy qilish orqali fond bozori va birja faoliyatini takomillashtirish yuzasidan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Kecha, 11 iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Koreya Respublikasining NCG Engineering kompaniyasi rahbari, Eurabit MChJ QK ta’sischisi Jang Il Kvon bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida avtomototransport vositalari va shahar elektr transporti vositalari haydovchilarini tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha nodavlat ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyani berish xizmati ishga tushirildi.
"Milliy umumta’lim elektron kutubxona" loyihasini amalga oshirish doirasida LG СNS kompaniyasi Koreya Respublikasida o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun seminar-trening tashkil qildi. Unda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Milliy kutubxona, O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi hamda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligidan vakillar ishtirok etmoqdalar.
Bugun Milliy Olimpiya qo‘mitasida o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Azim Axmedxadjayev O‘zbekiston avtomobil sporti federatsiyasining prezidenti lavozimiga tayinlandi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida telekommunikatsiya tarmoqlarida xalqaro ovozli trafik o‘tkazuvchanligi bilan bog‘liq uzilishlarga qarshi kurashish tizimiga bag‘ishlangan ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda telekommunikatsiya operatorlari, vazirlik tizimidagi mas’ul tashkilot va mutaxassislar ishtirok etdilar.