O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq Shuxrat Muhamadjanovich Sodiqov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri etib tayinlandi.
Raqamli iqtisodiyot O‘zbekiston taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Uni amalga oshirish sohasida vakolatli organ sifatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi raqamli iqtisodiyot va blokcheynni rivojlantirish bo‘yicha yangi blok tashkil qilmoqda. Davlat rahbari farmoni bilan uni Azim Axmedxadjayev boshqaradi.
"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi hamda Toshkent Xalqaro Westminster Universiteti o‘rtasida anglashuv memorandumi imzolandi. Unda o‘zaro tajriba almashish, hamkorlikda davlat boshqaruvi sohasida tadqiqotlar o‘tkazish belgilab olindi.
"Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi hamda Tahlil va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Hurmatli tadbirkorlar! "Elektron hukumat" tizimini rivojlantirish markazi biznesni yuritishda sizga to‘sqinlik qilayotgan muammolarga oid so‘rov o‘tkazmoqda.
Joriy yilda mamlakatimiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan kirish imtihonlari UZDIGITAL TV telekanallari tarmog‘i orqali, shuningdek www.test2018.uz saytida to‘g‘ridan-to‘g‘ri olib uzatilmoqda. Yurtimiz miqyosida tashkil qilingan mazkur amaliyot ilk marotaba tatbiq qilindi hamda 1 dan 15 avgustga qadar davom etadi.
Joriy yilning 31 iyul kuni Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida Saudiya Arabistonining «Ajlan & Bros.» kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.