Bugun, 26 sentabr kuni Toshkent shahrida “ICTWEEK 2018” haftaligi doirasida “DIGITAL UZBEKISTAN” Forumi bo‘lib o‘tdi. Forum birinchi bor o‘tkazilib, axborot texnologiyalari sohasidagi zamonaviy tendensiyalar to‘g‘risidagi masalalarni muhokama qilish uchun o‘ziga xos maydonchaga aylandi.
25 sentabr kuni Jizzaxda “ICTWEEK UZBEKISTAN-2018” doirasida "Axborot texnologiyalari - bolalar uchun" aksiyasi o‘tkazildi.
“Yagona integrator UZINFOCOM” MCHJ elektron ovoz berish avtomatlashtirilgan tizimini yaratish yuzasidan takliflar tayyorlash boʻyicha tanlov oʻtkazmoqda.
Bugun Toshkentda “ICTWEEK Uzbekistan-2018” AKT haftaligining boshlanishi munosabati bilan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Konferensiya davomida tashkiliy qo‘mita OAV vakillariga AKT Haftaligidan o‘rin olgan tadbirlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berishdi.
Bugun Toshkentda Osiyo-Tinch okeani mintaqasi yuqori darajali domenlar uyushmasi APTLD (Asia Pacific Top Level Domain) ning 20-yubiley sammiti oʻz ishini boshladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 19 sentyabr kuni axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari tizimidagi ishlarni tahlil qilish, sohani jadal rivojlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlarni belgilashga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
Bugun, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoning mamlakatimizga qilgan rasmiy tashrifi doirasida, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti (TATU) va Belarus davlat informatika va radioelektron universiteti (BDIRU) o‘rtasida informatsion texnologiyalar qo'shma fakulteti (ITQF TATU-BDIRU)ni tashkil etish borasida bitim imzolandi.
12 sentabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligida AQSh Davlat kotibining iqtisodiyot va biznes masalalari bo‘yicha yordamchisining birinchi o‘rinbosari Brayan MakFiters boshchiligidagi AQSh Davlat departamenti delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Bugun Koreyaning Geografiya maʼlumotlari milliy instituti UNICON DUK (Fan-texnika va marketing tadqiqotlari markazi Davlat unitar korxonasi) va Toshkent shahridagi Inha universiteti bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan «Geoinformatsion maʼlumotlarning infratuzilmasi boʻyicha 4-YevroOsiyo konferensiyasi: (Eurasia SDI) axborot texnologiyalari asosiy vosita sifatida» mavzusida tadbir o‘z ishini boshladi. Konferentsiya O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi ko‘magida o‘tkazilmoqda.