eye_icon
Ishonch telefonlari
11-99 Barcha raqamlar
img_icon
Mirzayev Dilshod Hakimovich

Elektron hukumat loyihalari samaradorligini baholash va tahlil qilish bo‘limi

Davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, maxalliy davlat hokimiyati organlarining “elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirish va rivojlantirish samaradorligi bo‘yicha faoliyatini idoralararo muvofiqlashtirishni, baholashni va tahlil qilishni ta’minlash;

axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha dasturlarni, shu jumladan “elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirishni kompleks monitoringini, tahlilini va baholashni amalga oshirish;

davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, maxalliy davlat jamiyati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish holatini o‘rganishni, samaradorligini baholash va tahlil qilishni tashkil etish;

Vazirlik huzuridagi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari sohasida nazorat bo‘yicha inspeksiya (keyingi o‘rinlarda – Inspeksiya)ning axborot-kommunikatsiya texnoloigyalarini joriy qilish

va rivojlantirishning holatini o‘rganishlarni sifatli o‘tkazilishi bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash;

“elektron hukumat”ning tegishli loyihalari texnik va loyiha hujjatlarini o‘z vaqtida ishlab chiqilishini va ekspertizadan o‘tkazilishini monitoring va tahlil qilish va boshqalar.