“elektron hukumat”ni joriy qilish sohasida davlat siyosatini ishlab chiqishda ishtirok etish, O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish yuzasidan kompleks dasturlarning amalga oshirilishini muvofiqlashtirish va ta’minlash;
davlat axborot tizimlari va axborot resurslarini shakllantirish va integratsiyalash orqali “elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida, mahalliy davlat organlari faoliyatida AKTning joriy qilinishi va undan foydalanishni, samaradorlikni oshirish;
aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlari ko’rsatilish jarayonining takomillashtirilishini ta’minlash, elektron va interaktiv formatda davlat xizmatlarini ko’rsatish mexanizmlarida AKTdan foydalanishga oid chora-tadbirlar ishlab chiqish.